Maqsad: bolalarga tabiat, tevarak-atrof, yil fasllari va tabiat hodisalari haqida tushunchalar berish; ularning jismoniy harakatlarini faollashtirish, so’z boyligini oshirib, nutqini rivojlantirish; bolalarni uy jihozlari, buyumlar, ustki kiyimlar nomini aytishga, ularni bir-biridan farqlashga o’rgatish; buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligi va miqdori bilan farqlanishini tushuntirish; mayda qo’l motorikasini rivojlantirish, gigiyena va o’z-o’ziga xizmat qilishni o’rgatish, mehnatsevarlik hissini uyg’otish. Kerakli jihozlar: – ariqni ko`rsatish uchun ko’k rangli mato, bo’yi 1–2 metr, eni 20 sm; – ko’prik o`rnida o`rindiq, bo’yi 1–2 m, eni 20 sm, balandligi 20 sm; – ayiqcha uchun uycha, uy jihozlari, o’yinchoqlar, oshxona buyumlari, karavotcha, ko’rpacha, yostiqchalar, o’yinchoq stol va stulcha; – teshikkulcha yasash uchun xamir, q`l sochiq va likopchalar; – bolalarning har biri uchun rangli piramidalar. Mashg`ulotning borishi: TARBIYACHI: – Aziz bolajonlar, ...